O‘zbekistonning ijtimoiy muhim ob’yektlarida ekologik toza va ozon qatlamiga xavfsiz bo‘lgan texnologiyalar qo‘llanilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish davlat qo‘mitasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining yaqin hamkorligida ozon qatlamini yemiruvchi va global isish salohiyatiga ega bo‘lgan sovitish agentlari - gidroxlorftoruglerodlarni (GXFU) importi va iste’molini asta-sekinlik bilan kamaytirish bo‘yicha davlat va xususiy sektor korxonalarini salohiyatini oshirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalrga oshirilmoqda.

Shunday chora-tadbirlarning biri “Iqtisodiyoti o‘tish davridagi mamlakatlar (IO‘DM) hududida gidroxlorftoruglerodlardan (GXFU) foydalanishni jadal qisqartirishning birlamchi bajarilishi - O‘zbekiston Respublikasi” qo‘shma loyihasining amalga oshirilishidir. Loyihaning maqsadi - O‘zbekiston Respublikasiga, Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal bayonnomasi talablarini bajarish maqsadida, ozon yemiruvchi moddalarni, jumladan GXFUlarni iste’moldan chiqarish bo‘yicha milliy strategiyani amalga oshirishda ko‘maklashishdir.

Loyihaning muhim yo‘nalishlaridan biri by muqobil, ozonga xavfsiz sovitish agentlari qo‘llanilishini namoyish qilishdir. Shunday namoyish loyihalaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida Respublika shoshilinch tibbiiy yordam ilmiy markazi (RShTYIM) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha RShTYIMning havoni konditsionerlash tizimini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, unga ko‘ra markazlashgan havoni konditsionerlash tizimining GXFU 22 da ishlaydigan ikkita eskirgan chillerlari tabiiy sovitish agenti ammiakda (NH3) ishlaydigan ikkita yangi kichik to‘ldirishli chillerlarga almashtiriladi.

Ushbu loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida zamonaviy “yashil” texnologiyalarni ijtimoiy muhim ob’yektda amalda qo‘llanilishi namoyish qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, ozon qatlamini yemiruvchi sovitish agenti GXFUda ishlaydigan eskirgan chillerlar, tabiiy sovitish agenti ammiakda ishlaydigan yangi chillerlarga almashtiriladi. Ta’kidlash lozimki, ammiakning ozon yemirish qobiliyati va global isish salohiyati nolga tengdir. Bundan tashqari, bu loyihaning amalga oshishi sovitish tizimiga xizmat ko‘rsatishga ketadigan sarf-xarajatlarni tejashga hamda tizimning energiya samaradorligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, ushbu loyiha RShTYIMda bemorlarning hamda xodimlarning turish sharoitlarini yaxshilash orqali bir qator ijtimoiy masalalarni hal qilishda yordam beradi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, kam to‘ldirishli ikkita yangi chillerlarni ishga tushirilishi yiliga 49000 dan ortiq bemorlarning (shulardan 15000 dan ortig‘i yosh bolalar) va RShTYIMning 2600 dan ortiq doimiy xodimlarini (shulardan 2000 dan ortig‘i ayollar) turish sharoitlarini yaxshilaydi hamda yilning issiq oylarida kerakli harorat rejimini ta’minlab beradi.

Namoyish loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq holda, pudratchi Jonson Kontrols Interneyshnl kompaniyasi (Chexiya) vakillari Toshkent shahriga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida ular RShTYIMning rahbariyati bilan uchrashdilar va amaldagi havoni konditsionerlash tizimini tayyorlash hamda unga yangi uskunalarni, ya’ni ammiakda ishlaydigan chillerlarni ulash masalalarini muhokama qildilar. Bundan tashqari, Jonson Kontrols Interneyshnl kompaniyasi vakillari RShTYIMning havoni konditsionerlash tizimiga xizmat ko‘rsatadigan kompaniya mutaxassislari bilan birga yangi chillerlari o‘rnatilishi rejalashtirilayotgan joyning xususiyatlari va texnik talablari bilan tanishib chiqdilar.

Yangi tizim Internetga ulangan zamonaviy boshqaruv tizimiga ulanishi kutilmoqda. Natijada kechayu kunduz real vaqtda chillerlarning ishlashini masofadan kuzatish imkoni bo‘ladi.

Tashrif natijasida kompaniya vakillari yangi chillerlarni ishlab chiqish va o‘rnatish oldidan mavjud shart-sharoitlar bilan tanishib chiqish uchun imkoniyat yaratilgani uchun hamkorlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar. Jumladan, Jonson Kontrols Interneyshnl kompaniyasining savdo-sotiq bo‘yicha menejeri, janob Miroslav Prixoda, o‘zining taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi: “Biz bir qator uchrashuvlar bo‘lib otishini, bo‘lajak uskunalarni o‘rnatish joyini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rishni kutgan edik. Shuni mamnuniyat bilan aytishim mumkinki, biz o‘zimizga kerakli barcha joylarni ko‘rdik va kerakli ma’lumotlarni oldik. Endi bizda oldingiga qaraganda loyiha haqida aniqror tasavvur hosil bo‘ldi. Umuman olganda, bizning O‘zbekistonga uyushtirgan safarimiz juda ham muvaffaqiyatli va samarali kechdi, ayniqsa bizning mijozlarimiz RShTYIM va BMTTDning qoygan talablarini va bo‘lajak uskuna o‘rnatiladigan joydagi mavjud sharoitlarni tushunish borasida. Ushbu ob’yektga tashrif buyurmasdan kerakli va mos chillerlarni ishlab chiqish biz uchun ancha qiyin kechardi”.

Rejaga ko‘ra, ammiakda ishlaydigan kam to‘ldirishli yangi chillerlar Toshkent shahriga 2017 yil iyun ohirida yoki iyul boshida keladi, shundan so‘ng ular kompaniya vakillari tomonidan o‘rnatiladi va ishga tushiriladi. O‘rnatish va ishga tushirish ishlari amalga oshirilganidan keyin, Jonson Kontrols Interneyshnl mutaxassisi RShTYIMni konditsionerlash tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyaning texnik mutaxassislari uchun uskunalarni to‘g‘ri va xavfsiz qo‘llash bo‘yicha trening o‘tkazadi.

Janob Prixoda aytishicha: “Ushbu chillerlarning ishga tushirilishi muvaffaqiyatli o‘tish juda ham muhim. Shundan so‘ng tizimni sozlash ishlari amalga oshiriladi va barcha nosozliklar, agarda ular mavjud bo‘lsa, bartaraf etiladi. Hozir esa biz ba’zi qaydnomalarimizni va talablarimizni tayyorlab qoydik. Ularni biz O‘zbekistondagi hamkorlarimizga berib yuboramiz va ular chillerlar o‘rnatilishidan oldin bajarilishi lozim bo‘ladi”.