“Iqtisodiyoti o‘tish davridagi mamlakatlar hududida gidroxlorftoruglerodlardan foydalanishni jadal qisqartirishning birlamchi bajarilishi” loyihasi doirasida Mintaqaviy uchrashuv

2017 yil 18-21 aprel kunlari Minsk shahrida (Belarus Respublikasi) mintaqaviy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Belarus Respublikasi, Tojikiston, O‘zbekiston va Ukraina hamda BMTTD Mintaqaviy Byurosi (Istanbul) va BMTTDning Belarus Respublikasidagi vakolatxonasi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda loyiha bajarilishining hozirgi kundagi holati hamda olingan tajriba bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, kelajak uchun rejalar, jumladan Monreal bayonnomasining 30-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘yicha rejalar belgilab olindi.

Shuningdek, Mintaqaviy uchrashuv doirasida ishtirokchilarni Belarus Respublikasida milliy component bajarilishi natijalari bilan tanishtirish maqsadida bir qator obyetklarga tashrif uyushtirildi.

Keyingi Mintaqaviy uchrashuv 2018 yil iyun oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.