Samarqand viloyatining sovitish texnikasi mutaxassislari o‘zlarining malakalarini oshirdilar

Sovitish texnikasi sohasida ishlaydigan mutaxassislar 2017 yil 6-8 aprel va 10-12 aprel kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil qilingan malaka oshirish treninglarida ishtirok etdilar.

Sovitish texnikasi sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarning sovitish va havoni konditsionerlash uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha malaka oshirishga qaratilgan bu treninglarda Samarqand viloyatining davlat va xususiy korxonalaridan kelgan 50 nafardan ziyod mutaxassis ishtirok etdi.

Bo‘lib o‘tgan trening nazariy va amaliy qismlardan tashkil topgan bo‘lib, ular doirasida ishtirokchilar sovitish uskunalari haqida bilim oldilar hamda bu kabi uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘zlarining amaliy ko‘nikmalarini shakllantirdilar. Trening yakunida ishtirokchilar test sinovlaridan o‘tdilar.

Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi ozon qatlamini himoya qilish bo’yicha Vena konventsiyasiga hamda ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal bayonnomasiga qoshilgan va 2020 yilgacha GXFU dan foydalanishni jadal qisqartirish hamda 2030 yilgacha ulardan foydalanishni batamom to‘xtatish bo‘yicha majburiyatini o‘lgan. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va BMTTD ning yaqin hamkorligida davlat hamda xususiy sektorning GXFU importiga va iste’moliga bo‘lgan bog‘liqlikni asta-sekinlik bilan qisqartirish boyicha bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu chora-tadbirlar qatoriga sovitish texnikasi sohasida ishlaydigan texnik xodimlarni o‘qitish, xizmat korsatishning sifatini oshirishga yordam beradigan zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash hamda GXFU ni tiklashga va qayta ishlashga ixtisoslashgan markazlani tashkil qilish kiradi.

Ushbu treninglar O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda BMTTD ning OYM ni ishlab chiqarish va iste’molini qisqartirish hamda yerning yupqa ozon qatlamini himoyalashga yo‘naltirilgan “Iqtisodiyoti o‘tish davridagi mamlakatlar (IO‘DM) hududida gidroxlorftoruglerodlardan (GXFU) foydalanishni jadal qisqartirishning birlamchi bajarilishi - O‘zbekiston Respublikasi” loyihasining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Treninglarda shuningdek Samarqand viloyat Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bosh davlat inspektorining o‘rinbosari, janob To‘raxon Hoshimov hamda loyihaning mendjeri, janob Abror Hodjayev ishtirok etdilar.